Biz - Hudhud, bolalarga mo’ljallangan videostriming platformasi orqali xizmat ko’rsatuvchi kompaniyamiz.
Ushbu Maxfiylik siyosati barcha biz taklif qilayotgan xizmatlarga taalluqlidir
Shaxsiy ma’lumotlar
Biz mijozlarimizning shaxsiy ma’lumotlarini to’plashimiz mumkin. Mijozlar silovamizdan ro’yxatdan o’tganda va boshqa resurslarimizdan foydalanganda ushbu ma’lumotlarni yig’amiz. Mijozlar ixtiyoriy ravishda bunday ma’lumotlarni taqdim etgan taqdirdagina shaxsiy ma’lumotlarni yig’amiz.
Qo’shimcha ma’lumotlar
Mijozlarimizning foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida qo’shimcha ma’lumotlarni to’plashimiz va saqlashimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar avtomatik to’planadi. Bunday ma’lumotlarga qatoriga IP manzili, operatsion tizim, geolokatsiya maʼlumotlari, mahalliy parametrlar, kompyuterlar va mobil qurilmalar bilan bogʻliq identifikatsiya raqamlari, mobil aloqa operatoringiz, tranzaktsiyalar bilan bogʻliq sana va vaqt kabilar kirishi mumkin.
Yig’ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanamiz:
Kompaniya mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi maqsadlarda to’plashi va foydalanishi mumkin:
Mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash uchun.
Siz taqdim etgan maʼlumotlar mijozlarga xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash ehtiyojlariga yanada samaraliroq javob berishga yordam beradi.
SMS xabarlarini yuborish uchun.
Biz mijozlarimizning telefon raqamlariga kontent va yangiliklar haqida SMS xabarnomalar yuborishda foydalanishimiz mumkin. Mijozlarning telefon raqamlari mijozlarning savollari, takliflari va boshqa so’rovlarga javob berishi uchun ham ishlatilishi mumkin.
Remarketing
Biz Google Analytics, Yandex Metrica, Facebook Pixel kabi uchunchi tomon xizmatlaridan foydalangan holda «remarketing» (qayta marketing qilish) bilan shug’ullanishimiz mumkin.
Ma’lumotlar uchunchi tomon bilan ulashilmaydi.
Biz foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini uchunchi tomon bilan bo’lishmaymiz. Barcha ma’lumotlarga faqatgina administratorlarning kirish huquqi mavjud.
Maxfiylik siyosatini yangilash
Biz ushbu maxfiylik siyosatiga vaqti-vaqti bilan o’zgartirish kiritishimiz mumkin. Kattaroq o’zgarish bo’lganda barcha foydalanuvchilarga sms xabar yoki ilova orqali xabar beriladi.
Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirish
Ilovamizga kirishingiz va ro’yxatdan o’tishingiz bilan siz ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan hisoblanasiz.